Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyaning uchta kompaniyasi AQShning yangi sanksiyalari ostiga tushdi
14.02.2020 09:53,  
376

Kumertau aviatsiya ishlab chiqarish korxonasi, Harbiy-sanoat korporatsiyasining "Mashinasozlik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi" va asboblarni loyihalash konstruktorlik byurosi Amerika ma’muriyatining sanksiyalariga tushdi. Tegishli hujjat Federal reyestrga joylashtirilgan.

Vashingtonga ko‘ra, ushbu kompaniyalar Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga qarshi ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi AQSh qonunchiligini buzmoqda.

Qaror 3 fevralda qabul qilingan. Cheklash muddati ikki yil.

Ta’kidlanishicha, agar AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo tomonidan tegishli qaror qabul qilinsa, u qisqarishi mumkin.

Rossiya kompaniyalaridan tashqari, hujjatda Xitoy, Turkiya va Iroq kompaniyalari ham bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан