Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda MIB xatlovidagi mulk noqonuniy ishlatilayotganligi aniqlandi
19.03.2019 09:29,  
10
«E-IJRO» yagona elektron savdo maydonchasida №0054791-sonli Lot bilan joylashtirilgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi bilan yaqindan tanishish paytida manzilda suyultirilgan gaz bilan litsenziyasiz noqonuniy savdo faoliyati amalga oshirilayotganligini aniqlandik. So‘zlarimizning isboti sifatida shoxobchadan 5,0 litr suyultirilgan gaz sotib olganlik to‘g‘risidangi tovar chekimizni ham taqdim etamiz. Berilgan savdo chekida "MChJ «Sarvinoz Gaz Servis», Tayloq tuman Qo‘rg‘oncha k/k" yozilgan:
 

Samarqand shahri, Cho‘pon ota maskani 50-A uyda joylashgan MChJ «Ixdinar»ga tegishli bo‘lgan Avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi Samarqand shahar iqtisodiy sudining 11.06.2018 y. №4-1401-1802/975 – sonli hal qiluv qaroriga asosan korxonaning davlat oldidagi qarzdorligini so‘ndirish maqsadida Samarqand shahar MIB tomonidan xatlanib, sotish uchun «E-IJRO» yagona elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan.

Ushbu mulkning boshlangich bahosi 2,1 mlrd so‘m qiymatda belgilangan  bo‘lsa-da, talabgor yo‘qligi bahonasida boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘mgacha keskin kamaytirilgan. Davlat xatlovida bo‘lgan mulkni sotib olmasdan ishlatish imkoni bor ekan, uni sotib olishga talab bo‘lmaydi, albatta.
Gaz quyish shoxobchasining noqonuniy foydanilayotganligi yuzasidan Samarqand shahar MIBiga murojaatimiz ortidan foydalanishdan to‘xtatilib yana qaytadan muhrlandi. MIB xodimlarining bildirishicha, xatlovdagi mulk saqlash uchun qarzdor tashkilot vakillariga qayta topshiriladi va byuro uni doimiy nazorat qila olmas ekan.
Ushbu holatda ba’zi bir MIB xodimlarining o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarayotganligini alohida aytib o‘tish joiz. Xususan, Samarqand shahar MIB xodimi tomonidan yuqorida aytib o‘tilgan obektdagi qayta muhrlangan qog‘ozlarda oxirgi qo‘yilgan taqiq sanasi ko‘rsatilmagan va gaz shoxobchasi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmagan. Bu holat shoxobchaning kelajakda hech qanday qiyinchiliksiz qaytadan noqonuniy ishlatish imkonini beradi.
Bundan tashqari, MIB ijrochilari gaz shoxobchasi orqali tegishli litsenziyasiz gaz sotilganligi va bu bilan bir qatorda elektr energiyadan ham noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha xukukbuzarlarga nisbatan hech qanday chora ko‘rmasdan kelmoqda.     
 
Mirzo Subxanov  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан