Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sankt-Peterburgdagi terakt aybdorlari deb topilgan o‘zbeklarga hukm o‘qildi
11.12.2019 12:26,  
2928

Sankt Peterburg metrosidagi teraktning asosiy ayblanuvchisi deb topilgan Abror Azimov sud tomonidan umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda.

Ria Novosti

Ikkinchi g‘arbiy okrug harbiy sudi Azimovni terrorchilar uyushmasida ishtirok etish va tanishlarini unga jalb etish, terakt uyushtirish, noqonuniy qurol aylanmasi hamda portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni tayyorlash, saqlash va tashishda aybdor deb topgan.

Boshqa ayblanuvchilar Akram Azimov, Ibrohim va Muhammadyusuf Ermatovlarni jinoyatlar majmuasiga ko‘ra 28 yilga, Sodiq Ortiqov 22 yilga, Shohista Karimova, Muhammad Yusuf Mirzaalimov, A’zamjon Mahmudov va Dilmurod Mo‘ydinovlar 20 yilga, Sayfulla Hakimov va Bahrom Ergashev 19 yil qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, barcha sudlanuvchilar 500 mingdan 800 ming rublgacha jarimaga tortilgan.

Ria Novosti

Ushbu ish yuzasidan 11 kishi sudga tortilgan bo‘lib, ularning barchasi ayblovlarni rad etgan.

Mavzuga doir: Ushbu mavzuga taalluqli 13 ta g‘alati, savol uyg‘otuvchi, ammo javobi berilmagan holat

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан