Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistonida harakatlanish to‘liq cheklanadi
23.05.2020 06:06,  
585

Saudiya Arabistoni ichki ishlar vaziri Talal ash-Shalxub "Al-Arabiya" telekanalida chiqishi chog‘ida mamlakatda 22 maydan boshlab harakatlanish butunlay cheklanishini ma’lum qildi.

Ushbu cheklov 27 mayga qadar amal qiladi.

Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Ramazon oyi nihoyasidagi bunday qaror mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qilingan. An’anaviy tarzda qirollik aholisi Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan 23-27 may kunlari dam olishadi. 

Hozirga qadar Saudiya Arabistonida 67 719 ta koronavirus holati qayd etilgan. 39 003 nafar bemor butunlay sog‘ayib ketdi. 364 ta o‘lim holati tasdiqlandi. Oxirgi bir kun ichida qirollikda koronavirus qayd etilish holati rekord darajada o‘sdi - 2642 ta holat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан