Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq ishlarni qoniqarsiz deb topdi
6.03.2020 18:02,  
295

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi hamda 2019-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi ijrosi qoniqarsiz deb topildi.

Xususan, atrof-muhitga salbiy ta’sirlar saqlanib qolmoqda. Atmosferaga katta miqdorda ifloslantiruvchi moddalar chiqarilmoqda. Fauna va floraga xavf ortib boryapti, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Maishiy chiqindi hajmi yiliga 7 million tonnadan ziyod bo‘lib, uning atigi 19 foizi qayta ishlanmoqda. Bu borada xususiy sektor ulushi past. Sanitar tozalash xizmatlari hamma mahallalarda ham mavjud emas. Qurilishlar va sanoat rivoji natijasida chiqindilar hajmi ortmoqda.

Foto: president.uz

Yig‘ilishda aholiga sanitar xizmat ko‘rsatish qamrovini 2021 yilda 100 foizga yetkazish, 221 ta chiqindi poligonini sanitariya-ekologiya talabiga muvofiqlashtirish zarurligi belgilandi.

Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga joriy yilda Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida, keyinchalik boshqa hududlarda ham qurilish chiqindisi poligonlari hamda chiqindini qayta ishlash loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан