Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Putinni tabrikladi
7.10.2018 14:56,  
7

7 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ezgu va samimiy tilaklarini bildirdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yuksak darajadagi uchrashuv va muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyev va Putin muloqot yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlari, o‘zaro manfaatli hamkorlik har tomonlama rivojlantirilishi va mustahkamlanishini yana bir bor tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin 7 oktyabr kuni 66 yoshga to‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан