Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekistonning eng yaqin savdo hamkorlaridan biri
19.10.2018 15:33,  
6

Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori, dedi Shavkat  Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan hujjatlar imzolash marosimida.

"Rossiya va O‘zbekiston orasida mahsulot ayrboshlash yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. Bu yil biz o‘zaro umumiy savdo hajmi 6 milliard dollar bo‘lishini kutmoqdamiz. Yaqin yillar ichida esa – 10 milliard dollar bo‘ladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.    

Biz Rossiya tomoniga o‘zbek meva sabzavotlari uchun yashil koridor yaratib berilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchimiz. Bugun biz ana shunday tamoyil O‘zbekistonning boshqa mahsulotlari uchun ham qo‘llanilishiga kelishib oldik. Xususan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun, - dedi Mirziyoyev.

Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan tashqari ushbu tashrif doirasida bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda Rossiyaning Gazprom, Gazprombank, Lukoyl, Rosatom, Vneshekonombank va boshqa korxonalari bilan umumiy qiymati 25 milliard dollarov bo‘lgan shartnomalar to‘plami tayyorlandi.

Undan tashqari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston Rossiya Hududlararo hamkorlik” forumida umumiy qiymati 2 milliard dolardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi.  

Shuningdek, bugun O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putin tashrifi doirasida birinchi o‘zbek AESi qurilishiga start berilishina aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан