Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sirdaryodagi ko‘p qavatli uylar qurilishida 2,5 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi
5.08.2020 16:57,  
424

«Qishloq qurilish invest»ning Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari 2,5 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqidagi ma’lumotni Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi turli manbalarga tasdiqlagan.

«Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Qishloq qurilish invest» MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va «S.S.» MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Oqoltin tumani «Ko‘rkam diyor» massivida 1ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Shu kabi, «Y.N» MChJ tomonidan massivdagi 1ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Qishloq qurilish invest» MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va «S.M.» MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Xovos tumani «Xovos markazi» massivida 1ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan», deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan «Qishloq qurilish invest» MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан