Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Smartfon va planshet ekranidagi tirnalgan yuzalarni asl holiga qanday keltirish mumkin?
3.05.2017 14:02,  
183

Yangi xarid qilingan smartfon va planshetlar tozaligi, jilo sochishi bilan ajralib turadi. Biroq bir necha hafta o‘tib-o‘tmay, ularning oldingi ko‘rinishi yo‘qolib, asta-sekin timdalangan holatga kela boshlaydi. Ustaxonaga bormay yoki ekranini almashtirmay bunga barham berish usullari haqida Lifehacker hikoya qiladi

Eng oddiy usul tish pastasini qo‘llashdan iborat. Uning ozgina miqdorini paxta, doka yoki toza yumshoq matoga tushirasiz. Aylanma harakatlar yordamida ekranning tirnalgan joyini artasiz, so‘ng pasta qoldig‘ini yo‘qotish uchun namlangan mato bilan artasiz.

Turtle Wax, 3M Scratch va Swirl Remover kabi avtomobillar uchun mo‘ljallangan vositalar ham tirnalgan yuzadan qutulishga yordam beradi. Buning uchun mazkur kremlarni toza yumshoq matoga solib, ekranni asta artasiz.

Qanchalik ajablanarli tuyulmasin, jilvirli qog‘oz ham bu borada sizga ko‘mak berishi mumkin, faqat bu biroz qaltisroq usul. Shu sabab telefon ekraniga ishlov berishdan oldin shunga o‘xshash yuzada mashq qilib olgan ma’qul. 

Iste’mol sodasidan foydalanish ham tirnalgan yuzani asl holiga qaytarishning oson usullaridan. Buning uchun idishda sodani ikki, suvni bir qism solib, ko‘pik paydo bo‘lguncha aralashtirasiz. Hosil bo‘lgan aralashmani matoga tushirib, ekranni tozalashga kirishasiz, so‘ng biroz namlangan mato bilan soda qoldig‘ini artib tashlaysiz.

Shuningdek, bolalar badaniga sepiladigan dori (prisipka)ga suv qo‘shish orqali ham tirnalgan yuzani asl holatiga keltirish uchun yaroqli pasta hosil bo‘ladi. Uni qo‘llashda iste’mol sodasiga o‘xshash yo‘l tutsa bo‘ladi. Juda mayda yashirin yoriqlarni yo‘qotishda o‘simlik moyi ham qo‘l keladi: vaqt o‘tishi bilan eskirgan ekranga tushirilgan bir tomchi moy ma’lum muddat unga eski jilosini qaytarishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан