Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda o‘tkazilgan to‘y tufayli 250 dan ortiq fuqaro karantinga olindi
17.06.2020 12:18,  
568

Avval xabar qilganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov mahalliy televideniye orqali chiqish qilib, viloyatdagi hozirgi epidemiologik vaziyat hamda koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish uchun kuchaytirilgan tartibda zarur profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqida ma’lum qildi.

Shuningdek, to‘y va marakalarning belgilangan talablar bo‘yicha o‘tkazilmaganligi natijasida ham ko‘plab fuqarolar karantinga olinmoqda.

Xususan, Muzrabot tumanida o‘tkazilgan to‘yda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmaganligi natijasida 250 dan ortiq fuqaro karantinga olindi.

Shu tariqa hozirda viloyatda 4118 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 298 nafari tibbiyot muassasalarida, 678 nafari sihatgoh va maxsus binolarda, 3142 nafari esa o‘z uylarida kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан