Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tariq Ramazon: Islomning islohoti kechmoqda. Faqat siz buni har doim ko‘rolmaysiz.
25.10.2019 17:59,  
639

Islomning islohoti kechmoqda. Faqat siz buni har doim ko‘rolmaysiz.

Islom islohoti haqidagi bugungi suhbatlar noo‘rindir.

Biz Islomni nasroniylik ko‘zoynagi orqali tushuna olmaymiz. Bular mutlaqo har xil hodisalardir.

Ba’zilar, hattoki, IShID paydo bo‘lishi mohiyatan Islomning islohoti hisoblanadi deyishmoqda. Xuddi Martin Lyuter kabi ular radikal va o‘rnatilgan diniy tartiblarni qabul qilmaydi.

Ammo bu taqqoslash tarixiy va teologik jihatdan noaniqdir.

Lyuter katolik cherkoviga radikal tarzda qarshi chiquvchi yaxshi ma’lumotli olim edi.

Islomda cherkov yo‘q, IShID yetakchilari esa diniy e’tibor qozona olmadi. Sunniy va shiadan tortib barcha musulmonlar ularga o‘zlarining noroziligini izhor etish va qarshi kurashish uchun birlashdi. IShID Islom mujdasini isloh qilmaydi, uni o‘zgartiradi.

Buning o‘rniga biz bugun Islom bilan nimalar bo‘lyapti, deb savol qo‘yishimiz kerak.

Islohotlarning tovushsiz jarayoni ketmoqda. Musulmon jamiyatlarida intellektual inqilob bormoqda. Agar katta sarlavhalarda bu islohotlar aksini topmayotgan bo‘lsa, bu bo‘lmayapti, degani emas.

Butun dunyo musulmonlari arabcha va osiyocha patriarxiyadan ham, g‘arbcha madaniy imperializmdan ham xalos bo‘lishga intilmoqda. Bu islohot chuqur tarixiy jarayon bo‘lib, yakuniga yetishi uchun vaqt kerak. U liberal qadriyatlarning g‘arbcha tushunilishiga olib kelmasligi mumkin.

Islom o‘z an’analari doirasida o‘zini isloh qiladi.

G‘arb – liberal, Islom – radikal va ular o‘zaro qarama-qarshi, deb o‘ylash juda yuzaki va xatarlidir.

Biz barchamiz adolat, erk, tenglik, insoniy qadr-qimmat qadriyatlarini ajratamiz. Biz qurishimiz kerak bo‘lgan uchinchi yo‘l bor. Shuning uchun birga harakat qilishimiz lozim.

Biz birgalikda ijtimoiy adolatsizlikka, irqchilikka, gender tengsizlikka qarshi turishimiz hamda muhojirlar va qochoqlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz kerak.

Bunga erishish uchun G‘arb takabburligini kamaytirishi, musulmonlar esa ochiqroq bo‘lishi lozim.

Ma’lumot o‘rnida: Tariq Ramazon zamonaning mashhur musulmon olimi. Yevropada yashab, fransuz tilida ma’ruza qiladi. Misrdagi “Musulmon birodarlar” asoschisi Hasan al-Bannaning nabirasi.

Tariq Ramazon ummatning o‘z qobig‘iga o‘ralashib qolmasligi, g‘arb madaniyatiga yaqinlashishi tarafdori, g‘arb va musulmon dunyosiga ajratilishiga qarshi.

“Taym” jurnali talqinida XXI asrning yuz nafar nufuzli novatoridan biri.

Sh. Islomov tarjimasi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан