Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi
22.05.2019 11:58,  
11

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni ogohlantirdi. O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda.

“Rossiya IIVning Tyumen viloyatidagi Boshqarmasi bergan xabariga ko‘ra, 2019 yilning 1 may kunidan boshlab olingan tezkor ma’lumotlarda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani/halok bo‘lgani to‘g‘risida axborot yo‘q”, - deyiladi TIV xabarida.

Shuningdek, TIV agarda O‘zbekiston  fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshi yoki tanishi chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan kishilardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishini tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun: Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2. Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан