Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari va chet elliklarga muhim bayonot bilan chiqdi
15.03.2020 21:23,  
1429

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va boshqa mamlakatdagi boshqa davlatlar fuqarolariga murojaat qildi.

“Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari O‘zbekistonga kirishi vaqtincha to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin bo‘ladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda bo‘lishlari talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан