Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Temir yo‘l chiptalari va avtobus oylik yo‘l chiptalarining pullari qaytarib beriladi​  
10.07.2020 12:58,  
98

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda quyidagilar ma’lum qilindi:

10 iyuldan 1 avgustga qadar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ da 5900 ta chipta sotilgan. Sotib olingan chipta pullari yo‘lovchilarga qaytariladi.

"Uzbekistan airways" AJ tomonidan 332 ta aviachipta sotilgan ("Toshkent-Nukus", "Toshkent-Urganch", "Toshkent-Termiz" yo‘nalishlarida).

Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati 1 yilgacha haqiqiy hisoblanadi. Aviaqatnovlar tiklanganda, yo‘lovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.

Avtobusda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yo‘l chiptalari 1 avgustdan 10 avgustgacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablag‘lari qaytariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан