Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQSh Eronni terrorchilarni milliardlab dollarlar bilan qo‘llab-quvvatlashda aybladi
24.09.2019 10:46,  
158

AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk Eron terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash uchun 60 milliard dollar sarflaganini aytib chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar beryapti.

Xuk Nyu-Yorkda, BMT Bosh Assambleyasi yig‘inida shunday bayonot bilan chiqdi. Davlat Departamenti xodimiga ko‘ra, Eron bu pulni so‘nggi bir necha yil davomida Iroq, Suriya va Yamandagi “o‘zining tobelarini qo‘llab-quvvatlash” uchun ajratgan. Bundan tashqari, Eron AQShda taqiqlangan HAMAS, “Hizbulloh” va “Islom jihodi” harakatlariga ham yordam berib keladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Islom Respublikasi Markaziy bankiga qarshi sanksiya qo‘llagani haqida xabar berilgandi. Bunga Saudiya Arabistonidagi neft ob’yektlariga qarshi uyushtirilgan hujum sabab qilib ko‘rsatilgan, Amerika tomoni bunda Eronni ayblagan.

Boshqa tomondan esa 2019 yil aprel oyida Eron AQSh harbiylarini terrorchilarga tenglashtirgan. Bu qaror AQShning Eron armiyasini terrorchilik tashkiloti deb e’tirof etish rejasiga javob bo‘lgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rasmiy Vashington 2018 yili “yadro bo‘yicha kelishuv”dan bir tomonlama chiqishi natijasida keskinlashgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан