Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent davlat agrar universitetida masofaviy sirtqi ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
3.08.2020 15:27,  
1317

Avval xabar qilganimizdek, «Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4795, 30.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi OTMlarga sohada 5 yillik stajga ega bo‘lgan xodimlarni tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda o‘qish muddatini sirtqi ta’lim shaklida 4 yil etib belgilash hamda to‘lov-kontrakt miqdorini kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;

- tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;

- xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;

- bakalavriat yo‘nalishida kasbiy ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Shuningdek, qaror bilan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi «Agroinnovatsiya» DUK va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi «G‘o‘za urug‘chiligi markazi» negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etildi.

Sohaga yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) strategiyasini amalga oshirish Milliy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан