Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh fosh qilindi
5.08.2019 18:42,  
32

“Yallama” chegara-bojxona posti orqali yuk avtotransportlaridan tamagirlik qilib kelgan jinoiy guruh fosh qilindi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Joriy yilning 5 avgust kuni Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi.

Jinoiy guruh a’zolari yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va’da qilib, avtotransport vositalari haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

“Davlat bojxona qo‘mitasi respublikamiz chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari haydovchilari va tashuvchilarni post orqali navbatsiz va tezkorlik bilan o‘tkazishni va’da qiluvchi firibgarlarning aldovlariga ishonmasliklarini so‘rab qoladi. Jinoyat ishining tergov natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан