Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatida «Damas» butunlay yonib ketdi​
20.03.2020 10:40,  
300

Kecha, 19 mart kuni soat 17:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Foto: IIV YHXBB

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан