Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatining 10 ming gektardan ortiq yer maydoni Toshkent shahriga o‘tkaziladi
5.08.2020 14:30,  
995

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtimiz va Toshkent viloyatining yer maydonlari, ularning o‘zaro chegara hududlarining joylashuvi chuqur tahlil qilinib, takliflar ishlab chiqildi.

Ma’lumki, Toshkent viloyatining 5 ta tumani – Zangiota, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari ayrim mahallalari Toshkent shahrining katta halqa yo‘li ichiga kirib qolgan.

Misol uchun, Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga qarashli Xonobod mahallasi poytaxtning Sergeli va Bektemir tumanlari orasida, yoki Toshkent shahriga qarashli Ulug‘bek shaharchasi to‘liq Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida joylashgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining o‘zaro chegara hududlarida ham ko‘plab nomutanosibliklar mavjud.

Shu bois, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtimizga 10196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Taqdimotda ushbu takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан