Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)
29.10.2019 12:19,  
361

Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikada aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta’mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta’mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, iste’molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.

Xususan, 29 oktyabr kuni:

  • Toshkent, Zangiota va Qibray tumanlari hududidagi jami 46328 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha,
  • Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 1100 ta aholi xonadonlarida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar,

31 oktyabr kuni

  • Piskent tumani, “Furqat” massivi hududidagi 6-ko‘p qavatli uydagi jami 16 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан