Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 20 bitkoinni 224 ming dollarga sotayotganlar ushlandi (video)
26.09.2020 14:39,  
1388

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i xabar berdi.

Unda, fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullangani aniqlandi. Ular boshqa shaxsga «1V» (bitkoin) elektron pul birligini 10 463 AQSh dollaridan hisoblab, «20V» (bitkoin) elektron pul birligini o‘zining 7% lik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан