Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 39 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi​
25.06.2020 16:27,  
71

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 39 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Tuzalganlarning 22 nafari erkak, 17 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 68 yoshda, eng kichigi esa 4 yoshda.

Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4423 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2606 nafari sog‘aydi. Shu kunlarda shifokorlarimiz poytaxtimizdagi davolash muassasalaridagi 1806 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Shu tariqa hozirgi soatgacha mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4724 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан