Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda aholi orasidan 59 kishida koronavirus qayd etildi
7.07.2020 10:04,  
328

2020 yil 7 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10459 (+97) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3732 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан