Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda avtobus yonib ketdi
24.11.2020 12:42,  
1192

Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari yo‘nalishli avtobusda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, avtobus joriy yilning 24 noyabr kuni soat 06:13da Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobus haydovchisi ilk yo‘lovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan. 

Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi. Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq bartaraf etildi. 

Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан