Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirus infeksiyasi o‘ta og‘ir kechgan bemor vafot etdi
14.07.2020 16:30,  
684

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 61 yoshli F.A. (erkak) 10 kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, yo‘tal, hansirash belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagandan so‘ng “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Joriy yil 13 iyul kuni bemor o‘ta og‘ir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, u qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali jigar va buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 65 kishiga yetdi.

Ushbu virusni jami 13 872 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 8 074 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 5 734 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан