Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirusga chalingan 83 yoshli onaxon vafot etdi
9.07.2020 11:15,  
190

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli onaxon Sh.T.ni joriy yil 25 iyundan tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, hansirash va nafas siqishi bezovta qilgan. 28 iyun kuni esa unda koronavirus aniqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

30 iyun kuni tos suyagi bo‘yinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor ikki tomonlama gonartroz, ikki tomonlama koksoartroz kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor bundan avval, ko‘p yillardan buyon gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib keladi. 2019 yildan beri esa yotoq holatda bo‘lgan (tizza va tos-son bo‘g‘imlari osteoartrozi, joriy yil 16 iyun kuni esa yiqilib tushishi oqibatida tos suyagi bo‘yinchasi singan).

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 47 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 11 259 kishi yuqtirgan bo‘lsa,  7 060 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан