Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda nochor ahvolda qolgan farg‘onalik ayol o‘zini simyog‘ochdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)
7.08.2020 16:32,  
706

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan ayol videosi tarqaldi. Poytaxt IIBB ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videoda aks etgan voqea 6 avgust kuni Olmazor tumanidagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Ayol yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan va atrofdagilarga o‘zini tepadan tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan. Buni tumanda xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari ko‘rib qolgan. IIBB xodimlari ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgan va ayol Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazilgan.

Aniqlanishicha, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 36 yoshli D.U. bo‘lib,  poytaxtning Olmazor tumanida vaqtinchalik yashab kelgan. O‘z xatti-harakatining sababi so‘ralganda ayol ishsiz qolib, nochor ahvolda ekanligini ma’lum qilgan.

 

 

 

Olmazor tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2-sektor boshlig‘i ayolni tinglab, unga yarimfabrikat mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga ishga joylashishda yordam bergan. Shuningdek, ayolga 2 million so‘m miqdorida moddiy yordam berilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda ayol bilan psixolog ish olib bormoqda.

«Agar siz ishga joylashish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lsangiz, vakolatli idoralarga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Pandemiya sababli yuzaga kelgan hozirgi qiyin sharoitda ham mehnat bozorida ko‘plab bo‘sh o‘rinlari mavjud», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан