Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda «ximchistka»lar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi​
20.04.2020 09:45,  
123

Toshkent shahar aholisi talab va ehtiyoji hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish xulosalaridan kelib chiqib, poytaxtdagi kimyoviy tozalash muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Faoliyatini qaytadan boshlaydigan kimyoviy tozalash muassasalari karantin talablari va ishni qayta tiklash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga to‘liq amal qilishi talab etiladi. Shuningdek, ish boshlashdan avval muassasa hamda xizmatga jalb qilingan xodimlar SEOM tekshiruvidan o‘tishi shart”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, aholi zarur bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligi lozimligi talabidan kelib chiqib, bunday turdagi tashkilotlarga buyurtmalarni olib ketish hamda yetkazib berishni tashkil qilish tavsiya etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан