Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana ikki kishi koronavirusdan vafot etdi
31.07.2020 18:42,  
256

Toshkentda yana ikki onaxon koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar beradi.

Poytaxtlik 60 yoshli M.S. (ayol) joriy yil 10–20 iyul kunlari uy sharoitida xususiy shifoxona shifokorlarining tavsiyalariga muvofiq davolangan. 21 iyul kuni esa Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir bemor Sergeli tumanida yashagan 67 yoshli N.T. (ayol)da joriy yil 10 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va shahar 1-sonli klinik shifoxonaga olib kelingan. Holatidan kelib chiqib reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Biroq shifokorlar o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirga qadar O‘zbekistonda, rasmiy statistika bo‘yicha, 23773 kishida koronavirus tasdiqlangan, 139 kishi COVID-19 tashxisi bilan hayotdan ko‘z yumgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан