Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp koronavirusga qarshi kurash uchun Koreya urushi davrida qo‘llanilgan qonunni imzoladi
19.03.2020 12:48,  
1418

AQSh prezidenti Donald Tramp Covid-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Mudofaa ishlab chiqarish qonuni (Defense Production Act)ni imzoladi. Bu haqda u tvitterda ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hukumat undan faqat "eng noqulay ssenariyda" foydalanish kutilmoqda. U bu kerak bo‘lmaydi deb umid bildirdi.

Shu bilan birga, Tramp oldin Kongressning har ikkala palatasi tomonidan ma’qullangan koronavirus qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ushbu maqsadlar uchun milliardlab dollar ajratishni nazarda tutadi. Xususan, qonunda Covid-19 uchun bepul sinov o‘tkazish va pullik kasallik ta’tiliga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud.

1950 yilda Koreya urushi boshlanganida qabul qilingan "Mudofaa ishlab chiqarish to‘g‘risida"gi qonun davlat rahbariga biznesni sovuq urush sharoitida milliy mudofaa ehtiyojlari uchun shartnomalar imzolashni yoki buyruqlarni bajarishni talab qilish huquqini berdi. Oldinroq Tramp ushbu hujjatning imzolanishi "ko‘rinmas dushmani mag‘lub etish uchun" respirator, niqob, shamollatgich va boshqa zarur jihozlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirishini aytgan.

Amerika prezidenti, shuningdek, AQShning janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga imkon beradigan boshqa qonundan foydalanish niyatini bildirdi. Biroq, u chegaralarni to‘liq yopmasligiga ishontirdi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda Covid-19 bilan kasallanganlar soni 7786 kishiga ko‘paydi, 118 kishi vafot etdi. Kasallik AQShning 50 ta shtatida va Kolumbiya okrugida qayd etildi. 13 mart kuni Tramp mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etdi, bu shtatlar va munitsipalitetlarga infeksiya bilan kurashish uchun 50 milliard dollargacha mablag‘ni beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан