Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp TikTok'ni 45 kun ichida Amerika kompaniyasiga sotishni talab qildi
4.08.2020 09:44,  
351

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning ByteDance internet-kompaniyasiga TikTok qisqa videolarini yaratish va tomosha qilish xizmatini 15 sentyabrgacha sotishi shartini qo‘ydi.

Janob Tramp Oq uydagi jurnalistlarga, agar Microsoft yoki boshqa bir kompaniya uni sotib olmasa, TikTok "ketadi", deb aytdi.

"Biz tahminan 15 sentyabr sanasini belgilab qo‘ydik, bu vaqtda TikTok AQShda ishlashni to‘xtatadi. Ammo kimdir, Microsoft yoki boshqa kimdir uni sotib olsa, bu qiziq bo‘ladi", - dedi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u Microsoft bilan mumkin bo‘lgan bitimni muhokama qildi, unda ma’lum ulushni emas, balki butun dasturni sotib olishga chaqirdi. Bundan tashqari, Tramp sotishdan tushgan daromadning bir qismi AQSh Moliya vazirligiga borishi kerakligini ta’kidlaydi.

Avvalroq, AQSh prezidenti TikTok'ni Xitoy xizmati ekanligi sababli taqiqlashi mumkinligini aytgan edi. Yakshanba kuni Microsoft Tramp bilan maslahatlashgandan so‘ng dasturni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishini tasdiqladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан