Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiy kengash davlatlari Sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilish o‘tkazdi (video)
29.04.2020 17:40,  
223

2020 yilning 28 aprel kuni Turkiy kengash mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 10 aprel kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitidagi tashabbuslarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Tomonlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha ma’lumot va tajriba almashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tadbir ishtirokchilariga koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан