Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya Qora dengizda yangi gaz zaxiralarini topdi
18.10.2020 10:23,  
305

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Qora dengizda 85 milliard kubometr hajmdagi yangi tabiiy gaz zaxiralari topilganligini e’lon qildi. Endilikda ushbu konning umumiy hajmi 405 milliard kubometrni tashkil qiladi.

Avgust oyida Erdog‘an Turkiyaning "Fotih" burg‘ulash kemasi Qora dengizda mamlakat tarixidagi eng yirik gaz konini kashf etganini, taxminan 320 milliard kub metr zaxiraga ega ekanligini e’lon qilgan edi.

"Bizning kemamiz birinchi gaz koni ochilgandan keyin ham ishlashni davom ettirdi. Yangi tadqiqotlar davomida yana 85 milliard kubometr gaz kashf etildi. Umumiy hajmi 405 milliard kubometrni tashkil etadi", - dedi Turkiya prezidenti "Fotih" tadqiqot kemasiga tashrifi chog‘ida.

Erdog‘an, ushbu kondan gaz qazib olishni 2023 yilda boshlashni maqsad qilib qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан