Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turoperatorlar O‘zbekistonda soliq ta’tili e’lon qilishni taklif qildi 
6.03.2020 11:22,  
237

Avval xabar qilganimizdek, 4 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida O‘zbekistonga koronavirusning kirishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha komissiya a’zolari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va turizm sohasi sub’yektlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xususiy sektor vakillari ushbu masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Turoperatorlar dunyoda koronavirusning ta’siri ostida yo‘qotishli kelishi kutilayotgan mavsum uchun soliq ta’tilini e’lon qilish hamda avia va temir yo‘l transporti chiptalari bekor qilinganligi uchun jarimalarni bekor qilishga oid takliflarini bayon qilishdi.

Bundan tashqari, turoperatorlar vaqtincha bekor qilingan yo‘nalishlar tufayli bo‘sh turgan samolyotlarni koronavirusdan holi bo‘lgan Turkiya, Qozog‘iston kabi davlatlarga hamda ichki aviaqatnovlarga yo‘naltirishni taklif qilishdi. Bunda ular ushbu parvozlarni Toshkent shahri bilan birga Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlari orqali ham amalga oshirish hamda Urganch va Buxoro shaharlarini kunlik aviaqatnovlar bilan bog‘lash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni so‘rashdi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, mutasaddi tashkilotlar tomonidan koronavirusning turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularning Hukumatga kiritilishi belgilandi.

Bunda ayni damda murakkab vaziyatga tushgan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab quvvatlash, tashqi ta’sir omilini pasaytirish maqsadida ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, koronavirus qayd etilmagan davlatlardan sayyohlarni jalb qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rish, respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak berish imkoniyatlarini o‘rganish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutiladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан