Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






USAID O‘zbekiston agrosanoat majmuasida investitsiya dasturini yakunladi
29.10.2020 11:07,  
117

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 23 million dollarlik xususiy sarmoyalar jalb qilingan dastur yakunlanganligini e’lon qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi. 

Dasturni yakunlash tadbirida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblum “USAID ko‘magi bilan o‘zbekistonlik tadbirkorlar yangi texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini joriy qildilar, strategik sarmoyalarni jalb qildilar va o‘z faoliyatini kuchaytirdilar. Bundan tashqari, loyihaning sheriklari qatorida O‘zbekistonga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish 2015 yildan buyon 250 foizga o‘sdi va o‘zbek fermerlarining qishloq xo‘jaligi daromadi ikki barobardan ko‘proq oshdi", - dedi. 

Dastur meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilari, muzlatgichlar egalari, qayta ishlovchi va eksport qiluvchilarni o‘z ichiga olgan 510 tashkilotga yordam berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yangi bozorlarga chiqish uchun xorijiy xaridorlar bilan aloqalarni o‘rnatdilar.

USAID tufayli 1993 yildan beri O‘zbekistonga 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан