Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uy sharoitida kislorod konsentratori va pulsoksimetrlardan qanday foydalanish kerak?
11.09.2020 15:56,  
286

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova koronavirus infeksiyasi profilaktikasi borasidagi savollarga javob qaytardi.

Savol: Uy sharoitida kislorod konsentratori va pulsoksimetrlardan foydalanayotgan bemorlar uchun qanday tavsiyalar beriladi?

Pulsoksimetrdan qanday foydalanish kerak?

  • - Moslama yoqilgandan so‘ng, o‘z-o‘zini sinab ko‘rish jarayoni tugashi bilan bir necha soniya kutish kerak;
  • - Moslamani barmoqqa ortiqcha bosimsiz o‘rnatish kerak; 
  • - Moslama lak bilan bo‘yalgan tirnoqqa qo‘llanilmaydi;
  • - Moslamaning batareyasini o‘z vaqtida zaryadlash yoki batareyalarni o‘zgartirish lozim;
  • - Moslamadan bir kunda 2-3 mahal, zarurat bo‘lsa undan ko‘proq foydalaniladi;

Uy sharoitida kislorod konsentratorini qo‘llash qoidalari:

  • - Kislorod konsentratorini havo erkin aylanishi va xonaning maqbul namligi bor joyga o‘rnatish kerak. Moslama issiqlik manbalari yaqiniga qo‘yilmaydi;
  • - distillangan suv bilan kislorodni namlash uchun mo‘ljallangan maxsus idish to‘ldiriladi;
  • - Shifokor tavsiyasiga binoan kislorod terapiyasining davomiyligi va havo oqimi rejimi kuzatiladi;
  • - Oila a’zolarini o‘zaro zararlamaslik uchun shaxsiy burun kanyulyalaridan foydalaniladi;

Kislorod konsentratorini ishlatish ketma-ketligi:

  • - Rezervuarni belgilangan joyigacha namlagich suv bilan to‘ldiriladi;
  • - Moslama yoqiladi. Kanyulyaning bir uchi moslamaga ulanadi, ikkinchi uchi esa burun yo‘llariga qo‘yiladi;
  • - Kislorod oqimi o‘rnatilgandan keyin, shifokor tavsiyasiga ko‘ra kislorod terapiyasi boshlanadi;
  • - Kislorod terapiyasini burun kanyulyasi orqali olayotganda ko‘krak qafasi va qorin bilan nafas olinadi. O‘pkaning maksimal darajada qisilishi va tozalanishi uchun ravon nafas olinadi;
  • - Mashg‘ulot oxirida havo ta’minoti to‘xtatiladi va moslama elektr tarmog‘idan o‘chiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан