Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports'ga fuqaro aviatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish vazifasi yuklandi
17.08.2020 19:24,  
322

Transport vazirligi, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ rahbarlariga tariflarni optimallashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, yuk tashishni rivojlantirish va tegishli infratuzilmani zamonaviylashtirish, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat-xususiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish topshirildi, deya xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. 

Bunday ko‘rsatma Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida transport sohasini islohot qilishga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklida yig‘ilishda berildi. 

Shuningdek, parvozlar jo‘g‘rofiyasini kengaytirish va yuk hajmini oshirishning qoniqarsiz dinamikasi, shuningdek, yagona rivojlanish strategiyasining va keyingi islohotlarni amalga oshirishning aniq yo‘nalishlari mavjud emasligi kuzatilayotgan aviatsiya sohasida ham yuzaga kelgan vaziyat alohida muhokama qilindi. Bu holat joriy epidemiologik vaziyat tufayli joriy yilning birinchi yarmida yo‘lovchi reyslar hajmining keskin tushib ketishi va milliy aviatashuvchi daromadlarining sezilarli darajada pasayishi bilan murakkablashmoqda. 

Ushbu sohada ham yechimi O‘zbekiston aviatsiya sohasining investitsion jozibadorligini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun zarur shart hisoblangan muammoli masalalar aniqlandi: aeroportlar o‘tkazish quvvatining yetishmasligi, xizmatlar rivojlanishining past darajasi, mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan aviatsiya texnik mahsulotlari va tovar-moddiy qiymatliklarni import qilishda fuqaro aviatsiyasi korxonalarining harajatlari shuningdek, boshqa mamlakatlarga nisbatan texnik xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish mahsulotlariga o‘rnatilgan yuqori narxlar.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan mahalliy aeroportlarda "Ochiq osmon" rejimi joriy etildi. Xorijiy aviakompaniyalar uchun O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan aviakompaniyalar uchun bir xil tarif va to‘lovlar qo‘llaniladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан