Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq bankining «pensionerlar» kartasidan komissiyasiz naqd pul yechish mumkin bo‘ladi
10.05.2019 14:15,  
69

Xalq bankining pensionerlar uchun Uzcard kartalaridan naqd pul yechib olishda komission foizlar undirilmaydi, deya xabar qildi Yagona umumrespublika protsessing markazi matbuot xizmati.

Xalq bankining pensionerlar uchun kartalari pensionerlarning xohishi bo‘yicha bepul ochiladi. Ularda overdraft mavjud bo‘lib, mijoz hisobida pul yetarlicha yoki mutlaqo pul bo‘lmasa, bank EKIHning 3 baravari miqdorida kredit taqdim etadi. Pensionerlar kartasi egasi pulni o‘z karta raqamiga oladi.

Overdraftdan har oy pensiya tushadigan muddatgacha foydalanish mumkin. Kredit muddati — 12 oy bo‘lib, oylik 1,33 foiz ustama yoziladi.

Qayd etish joizki, avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov yaqin kelajakda pensiyalarni naqd pulda to‘lashni to‘xtatish rejasi haqida ma’lum qilganedi. Uning o‘rniga har bir mahalla va xizmat ko‘rsatish joylariga bankomatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан