Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jahongir Ortiqxo‘jayev bir ovozdan Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi (foto)
13.01.2020 11:29,  
1607

Yig‘ilishda dastlab 2019 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha Toshkent shahar saylov komissiyasi raisining axboroti tinglandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligi xabarida aytilishicha, shahar saylov komissiyasiga kelib tushgan 25 ta murojaatlar qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilib, hal etilgan.

Umumiy natijalar bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 22 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 12 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 11 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 11 nafar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 4 nafar deputat saylandi. Deputatlarning 2 nafari yoki 3,3 foizi 30 yoshgacha, 30 nafari yoki 50 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar hamda 28 nafari yoki 46,7 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilarni tashkil etadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Reglamentga ko‘ra sessiyada O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatga olingani haqida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori qabul qilindi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, yig‘ilishda “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqildi. Bu borada tasdiqlangan qarorga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 7 ta doimiy komissiyalari tuzildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ular:

  • 1) Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha;
  • 2) Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha;
  • 3) Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha;
  • 4) Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha;
  • 5) Kommunal xo‘jalik va ekologiya masalalari bo‘yicha;
  • 6) Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari bo‘yicha;
  • 7) Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha.

Shuningdek, sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Ortiqxo‘jayev Jahongir Abidovichning nomzodini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida Taqdimnomani o‘qib eshittirdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Reglamentga muvofiq, sessiyada “Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqildi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан