Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






XTV pandemiyada maktablardagi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ishlayapti
30.07.2020 10:41,  
901

Bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv yilini qay tarzda boshlash ustida o‘rganishlar olib bormoqda.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, vazirlik o‘z vakolatidan kelib chiqib o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ish olib bormoqda: 

1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda.

2-ssenariy: Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

3-ssenariy: Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

  • Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilishi ko‘zda tutiladi, ya’ni davomat erkin bo‘ladi: oddiy darsda qatnashsa ham yoki onlayn dars orqali qatnashsa ham bo‘ladi.

Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda aytish joizki, karantin qoidasi o‘zgarishidan qat’iy nazar, vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o‘qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан