Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy hukumati Uxan bilan transport aloqalariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlamoqda
24.03.2020 13:24,  
296

Xitoy hukumati koronavirus tarqalishi boshlangan Uxan shahri bilan transport aloqalaridagi cheklovlarni olib tashlaydi. Bu haqda, RIA Novosti shahar bosh qarorgohining COVID-19 tarqalishini oldini olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi bayonotiga tayanib xabar qildi.

Ta’kidlanganidek, 8 apreldan boshlab cheklovlar olib tashlanadi.

Tashqi transport aloqasi asta-sekin tiklanadi, deyiladi hujjatda.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya tarqalishini e’lon qildi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi - bu COVID-19 rasmiy nomi berilgan koronavirusning yangi turidir. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirus pandemiyasi tarqalganini e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан