Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga zidligi aytildi
27.04.2020 12:38,  
123

Avvalroq, Madaniyat vazirligi tomonidan bildirilgan taklif asosida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilinganini ma’lum qilgan edik.

O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish portali joriy etiladi

Mazkur qaror loyihasi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tegishli taklif va e’tirozlar bildirildi va belgilangan tartibda loyiha ishlab chiquvchiga yuborildi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda respublikamizda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airwaus” AJ, “O‘zavtovokzal servis” DUK tomonidan onlayn chiptalar sotish, shuningdek, internet tarmoqlari orqali kino, teatr, konsert va sport tadbirlari uchun onlayn chiptalar sotish yo‘lga qo‘yilgan va samarali faoliyat yuritmoqda.

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqib, bu sohada xususiy tadbirkorlik faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va soha jadal rivojlanib borayotganligini inobatga olib, qo‘shimcha yangi davlat ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadga muvofiq emasligi bildirildi.

Shuningdek, loyihada barcha mavjud chipta sotish axborot tizimlarini yaratilayotgan yangi Portal bilan majburiy integratsiyalashni ta’minlash topshirilgan. Ushbu talab ham “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuniga zid bo‘lganligi sababli chipta sotish axborot tizimlarini ixtiyoriylik asosida Portal bilan integratsiyalashi mumkinligini ko‘zda tutish lozimligi xulosasi berildi.

Shulardan kelib chiqqan holda, qaror loyihasidagi ayrim normalar yuqorida ko‘rsatilgan davlat raqobat siyosati yo‘nalishlariga zid ravishda kiritilganligi sababli mazkur normalarni qayta ko‘rib chiqish va operatorni belgilashni raqobat tamoyillari asosidagi tartibotlar (tanlov, tender) orqali amalga oshirilishi taklif etildi“, deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан