Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 50 dan ortiq o‘zbekistonliklarda koronavirus infeksiyasi aniqlandi
15.06.2020 17:05,  
575

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2020 yil 15  iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5154 (+51) nafarni tashkil etmoqda.

"Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 28 nafari poytaxtimizda ( shundan 12 nafari aholi orasidan va 16 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotdagilar), 7 nafari Buxoro viloyatida (barchasi muloqot orqali yuqtirgan), 10 nafari Xorozm viloyatida (shundan 1 nafari axoli orasidan, qolgan 9 nafari esa infeksiyaga chalinganlar bilan muloqotdagi fuqarolar orasida ) qayd etilgan. Kasalligi aniqlangan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan tibbiy muolajalar o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda yurtimizda 3996 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar (77 foiz) sog‘aygan. 

Bugun shu soatgacha 53 nafar bemor ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lishgan.

Hozirda mamlakatimizda 1139 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemorni o‘z nazoratiga olgan" - deyiladi SSV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан