Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana uch arab mamlakatida koronavirus qayd etildi
24.02.2020 17:54,  
1304

Kuvayt, Bahrayn hamda Iroqda ilk marotaba koronavirus qayd etildi. Bu haqda Britaniyaning Reuters agentligi xabar bermoqda.

Iroqda hukumat Erondan kelayotgan iroqlik bo‘lmagan fuqarolarning mamlakatga kiritilishiga taqiq qo‘yilishidan oldin Eronning Najaf shahridan kelgan dinshunoslik bo‘yicha o‘qiyotgan talabada koronavirus topilgan.

Kuvaytdagi holat esa Eronning Mashhad shahridan evakuatsiya qilingan 700 nafar kuvaytlikdan uchtasida aniqlangan. Ular 53 yoshli kuvaytlik erkak, 61 yoshli saudiyalik erkak hamda 21 yoshli yigit (millati noma’lum) deydi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri.

Yana bir arab davlati Bahraynda ham Erondan kelgan fuqarolarda koronavirus topilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus O‘zbekistonning janubiy chegaralariga qadar yetib keldi — Hirotda favqulodda holat

Hozirda Eronning Qum shahri koronavirusning Yaqin Sharqdagi o‘chog‘i sanaladi. Turkiya, Armaniston va Pokiston Fors yurti bilan chegaralarini yopdi. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 61 ta holat qayd etildi. Ulardan 12 nafari o‘lim bilan yakunlangan.

Kuwait Airways hamda Iraq Airways o‘tgan haftada Eron bilan barcha parvozlarni to‘xtatgan edi.

Mavzuga doir: Hindiston Markaziy Osiyo uchun Xitoyning muqobili bo‘lishi mumkin

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан