Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi davrdagi yangicha boshqaruv uslubi: 7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 22 xabar​
23.04.2017 19:33,  
40

Hafta davomida O‘zbekiston hayotida ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Sof.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

1) Rustam Azimov oldiga yangi vazifa qo‘yildi. 18 aprel kuni O‘zbekiston hukumatining 2017 yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimovning, moliya vaziri Botir Xo‘jayevning, iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayevning, shuningdek, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimlari Zafar Ro‘ziyev va Xayrullo Bozorovning hisobotlari eshitildi.

2) Toshkent tumanlarida hokimlar o‘zgarishi davom etadi. Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Po‘latov Shuhrat Abdujabborovich hokim etib tayinlandi.  Eslatib o‘tamiz, YunusobodChilonzor,  Yashnobod, Uchtepa va Sergeli va tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlandi.

3) Rossiyada qochib yurgan o‘zbekistonlik sobiq bankir O‘zbekistonga topshiriladi. Rossiya prokuraturasi tergov organlaridan qochib yurganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kamoliddin Shamsutdinovga nisbatan ekstraditsiya tekshiruvini o‘tkazdi.

4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi.  O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18 aprel kuni chiqarilgan Farmoniga asosan Erkin Turayevich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

5) Buxoro viloyati rahbarlari orasida ham o‘zgarish yuz berdi. Buxoro viloyati hokimligida 17 aprel kuni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

6) "O‘zbekiston temir yo‘llari" chiptalar narxi arzonlashganini ma’lum qildi. Toshkent-Andijon, Urganch-Andijon, Buxoro-Andijon yo‘nalishlarida qatnovchi poyezdlar chiptalari arzonlashtirildi. 

7) GM Uzbekistan ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan avtomobillar haqida xabar qildi. GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Tico, Epica va Nexia-2 avtomobillarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli murojaatlar tufayli ushbu modellarni ishlab chiqarish to‘xtatilganini ma’lum qiladi.

8) Samarasiz ish olib borgan tumanlar hokimlari ishdan bo‘shatiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmagan tumanlar hokimlari lavozimida qolish-qolmasligi masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildilar.

9) Mumbay aeroportida o‘zbekistonlik qiz hibsga olindi. Hindiston politsiyasi qalbaki viza bilan mamlakatga kirgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. 23 yoshli Zebarjon Rajabova 15 aprel kuni Mumbay xalqaro aeroportida hibsga olingan. 

10) Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi. Toshkent shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ydi.  Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Xayrullayevich Abdurahimovning ma’lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 6 aprel kuni sodir bo‘lgan. Tasdiqlanishicha, Toshkent shahar Olmazor tumani 196-maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ygan.​​​​​​​

11) IIBB havotirda: nosga narkotik qo‘sha boshlashdi​​​​​​​. Toshkent shahar IIBB Tergov qo‘mitasining giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganish bo‘limi rahbari, polkovnik Oleg Kimning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunda respublika regionlarida spays tarqalishi holatlari ko‘p uchramoqda. Sintetik narkotik nasha va opioid singari giyohvand moddalardan arzon narxi bilan farq qiladi.

12) Toshkentda kvartira olish uchun farzandini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi​​​​​​​. Toshkent shahar IIBBda 20 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilinishicha, 2017 yil 13 aprelda Chilonzor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A. o‘zining to‘rt yoshli o‘g‘lini fuqaro B. ga 14100 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

13) Endi qamoq jazosi tayinlanmaydi, biroq...​​​ Jazoning ushbu turlari haqida omma orasida aniq tasavvur yo‘qligi bois, ko‘pchilikda jinoyat sodir etganlar ham ozodlikda yurishi mumkin ekan degan tushuncha hosil bo‘lmoqda. Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sherzod To‘xtashev mazkur masalaga oydinlik kiritadi.

14) Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimi bo‘yicha yangi qarorni imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqdi. Ta’kidlash joizki, 2011-2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta ob’yektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

15) “TSM Avtosavdo” avtosalonidagi GM Uzbekistan avtomobillarining yangi narxlari e’lon qilindi​​​​​​​. “TSM Avtosavdo” avtosaloni Toshkent shahridagi Malika texnobozori yaqinida “Korzinka” supermarketining yonida joylashgan. Unda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan MATIZ, COBALT, DAMAS va boshqa turdagi avtomobillarni xarid qilish mumkin. Quyida 2017 yil 12 aprel holatiga ko‘ra salondagi mavjud ayrim avtomobillar narxi bilan tanishing. So‘m va xalqaro plastik kartochkada xarid qilish imkoniyati mavjud.

16) Toshkent shahar IIBB: Xiyobonlardagi «sevishganlar»ga ichki ishlar idoralari xodimlari chora ko‘rishga haqli emas​​​​​​​. Toshkent shahar IIBBda 20 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda yoshlarning xiyobonlardagi xatti-harakatlariga oid masala muhokama qilindi.

17) Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif buyurdi​​​​​​​. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi loyihasi bilan tanishdi.

18) Olmazor tumanidagi "to‘rtlik" ham ishdan ketdi. Xabarga ko‘ra, hokimdan tashqari tuman prokurori, soliq idorasi boshlig‘i va ichki ishlar bo‘limi rahbari ham ishdan olingan. Hozircha ularning o‘rniga tayinlangan yangi xodimlar borasida ma’lumotlar yo‘q.

19) Toshkent bozorlaridagi qulupnay narxlari e’lon qilindi. Aytishlaricha, qulupnay sotib olishga hali erta ekan: ham qimmat, ham unchalik mazali emas. Lekin odam juda istasa, tatib ko‘rishi mumkin. Ushbu mavsumda qulupnay rastalariga tushganlar, Sof.uz muhbiri bilan dastlabki taassurotlarini o‘rtoqlashdi.

20) Toshkentda soxta podpolkovnik qo‘lga olindi​​​​​​​ Fuqarolarning ishonchini qozonib turli hiyla-nayranglarga qo‘l urgan soxta podpolkovnik Toshkentda qo‘lga olindi, deb yozmoqda uznews.uz. “Podpolkovnik” asli kelib chiqishi samarqandlik. U O‘zR IIV podpolkovnigi formasini kiyib qalbaki guvohnoma bilan yurgan. Tekshiruvlar natijasida ilgari uch marta sudlanganligi ma’lum bo‘ldi.

21) Tanlov yoxud o‘qituvchini shilishning yangi usuli haqida​​​​​​​. Xalqimiz juda topqir. Men bunday uddaburon odamlar boshqa joyda bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Hech kimning xayoliga kelmagan ishlar, kashfiyot va ixtirolar faqat o‘zbeklar tomonidan o‘ylab topilsa kerak. Odamlardan pul undirishning yangidan-yangi usullarini kashf qilishda o‘zbekning oldiga tushadigani yo‘q.

22) O‘zbek yigitlariga nima bo‘lgan? Do‘stim o‘tgan yili yozda qizining to‘yini qiluvdi: “O‘zi to‘yini ham zo‘r qilib o‘tkazuvdim. Kuyov tomon nima talab qo‘ygan bo‘lsa, aytganidan ziyoda qilib berganman. Endi qizim homiladorligi uchun nevaraga suyunchi qilib mashina olishim kerak emish”, deya ancha xunob bo‘ldi.​​​​​​​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан