Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi qonun loyihasi haqidagi xabar Yandeksga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi
12.10.2019 11:59,  
586

AQShning Nasdaq birjasida savdo kuni ochilganidan so‘ng Yandeksning aksiyalari 17 %ga pasaydi. Bunga noyabr oyida Rossiya Davlat Dumasi Internet-resurslaridan foydalanishga doir yangi qonun loyihasi sabab bo‘lmoqda. Kompaniya aksiyalari narxi 1.5 mlrd $ga arzonlab, hozirda umumiy kapitalizatsiyasi 10 mlrd $dan pastladi.

Kecha, Davlat Dumasi qonun loyihasini noyabr oyida ko‘rib chiqishini e’lon qildi. Hozirgi talqinda u haqiqatan ham asosiy ishtirokchilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi, dedi axborot siyosati qo‘mitasi rahbari Leonid Levin. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mitaning vazifasi «xavfsizlik» va «investitsiya»ni yaqinlashtirish hisoblanadi.

"Hech qanaqa muammoni ko‘rmayapman, bugun tushgan bo‘lsa (aksiyaning narxi - tahr.), ertaga oshadi. Sizlarga maslahatim, birorta ushbu qonunga qarshi amaldor topib, undan bayonot oling. Shunda aksiyalaringiz narxi oshadi", - deydi deputat Gorelkin o‘zining telegram kanalida.

VTB bank tahlilchilari fikricha, Yandeks aksiyalari tushishiga sabab qonun loyihasining o‘zidan ham ko‘ra, uning OAVda keng yoritilayotganligidir. Hatto qonun qabul qilinishi so‘roq ostida turganiga qaramay, bir qancha investorlar aktivlarini riskka qo‘yishni istamayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан