Koronavirusdan vafot etgan 80 yoshli yaponiyalik ayol Yaponiya mahalliy aholi vakilidan birinchisi bo‘ldi, deb yozdi Japan Times.
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri Katsunobu Kato ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, keksa odamlarning immuniteti zaiflashgani tufayli koronavirusga juda sezgir bo‘ladi, shuning uchun u birinchi alomatda kasalxonaga borishni maslahat berdi.
Ayol bir necha kun oldin kasalxonaga yotqizilib, grippdan davolangan. Bemorning o‘limidan so‘ng shifokorlar uni koronavirus bilan kasallanganligini aniqladilar.
2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya tarqalganini e’lon qildi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi yangi koronavirus 2019-nCoV hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 64 mingdan ortiq odam yuqtirib, 1383 kishi vafot etgan.