Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yuk mashinasidan topilgan 39 jasad borasida yangi ma’lumotlar aniqlandi
26.10.2019 17:44,  
2896

Britaniyaning Esseks grafligida yuk mashinasida halok bo‘lgan odamlar jon berishlari oldidan o‘z qarindoshlari bilan bog‘lanishga uringanlar, deb yozmoqda Sputnik nashri.

O‘ttiz to‘qqiz jasad ortilgan yuk mashinasi politsiya tomonidan Angliya sharqida aniqlangan edi. Mashina Greys shaharchasidagi sanoat zonasida to‘xtagan bo‘lgan. Yuk mashinasi Angliyaga Bolgariyadan 19 oktyabr kuni kirib kelgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlar Xitoy fuqarolari ekanligi aniqlangan. Odamlar kuzovning muzlatkich qismida qoldirilgan. U yerda havo harorati -25 darajani tashkil qilgan.

Nashr yozishicha, OAVlarda halok bo‘lganlar orasida vetnamliklar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan. 26 yashar Fam Txi Tra Mayaning qarindoshlari jurnalistlar bilan bog‘lanishgan va fojia yuz bergan kunda "Oyijon, meni kechiring. Chet elga safarim o‘xshamadi. Men sizni va dadamni juda ham yaxshi ko‘raman. Men o‘lyapman, chunki nafas ololmayapman", degan mazmundagi dahshatli SMS olishganini aytishgan.

Qiz o‘zining oxirgi xabarini seshanba kuni 22:30da — konteyner Belgiyaning Zebryugge shahridan Britaniyaning Purflitiga yetib kelishidan ikki soat oldin yuborgan.

Vetnamlik qizning akasi Fam Txi Cha Mi singlisi Buyuk Britaniyaga yetib olish uchun 30 ming funt (38 ming dollar) to‘laganini ma’lum qilgan.

"U avvaliga Xitoyga uchdi, u yerda ikki kun bo‘lgach, Fransiyaga yo‘l olgan edi. Har bitta davlatdan bizga qo‘ng‘iroq qilib turdi. Singlim birinchi marta Britaniya chegarasini 19 oktyabr kuni kesib o‘tishga harakat qilgan, ammo uni tutib olib, ortga qaytarishgan. Bu qaysi portda yuz berganini bilmayman", - deb xabar qilgan erkak.

Yuk mashinasida halok bo‘lganlar orasida 20 yashar vetnamlik Nguyen Din Luong va 19 yashar qiz ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Londondagi Vetnam elchixonasi ularga o‘z yaqinlarini qidirayotgan bir nechta oila murojaat qilgani to‘g‘risida xabar bergan. Halok bo‘lganlar orasida kamida 10 kishi Vetnam fuqarolari bo‘lishi mumkin degan ehtimollar bor.

Odamlarning ommaviy halok bo‘lishgani ishi yuzasidan yuk mashinasi haydovchisi — 25 yashar shimoliy irlaniyalik Mo Robinson qo‘lga olingan. Sal keyin odam savdosi maqsadida til biriktirish va qasddan amalga oshirilmagan qotillikda gumonlanib yana ikki nafar erkak va bir ayol qo‘lga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан