Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erdo‘g‘an: arablar va turklar dushman bo‘lmasligi kerak
3.12.2016 12:16,  
14

Turkiya Ruspublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turklar va arablar bir-biriga nafrat bilan qarashga majburlanganini aytdi. Buning uchun ikki millatga tarixni turlicha so‘zlashgan, deydi Erdo‘g‘an.
 
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi Boyazid Yildirim universiteti ochilishida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Erdo‘g‘an ushbu nutqi davomida e’tiborini islom dunyosida olib borilayotgan o‘yinlarga qaratdi. Bu haqda “Qalampir” sayti yozmoqda.
 
“Madaniyatlar to‘qnashuvi oqibatida musulmonlar zaiflashib bormoqda. Bizning hududlarni tor fikrlash egallab bo‘ldi. Musulmonlarni kuchsiz va zaif bo‘lishini istagan kimsalarga bu katta imkoniyat bermoqda. Yirik davlatlar oltin, neft va boshqa ma’danlarni qo‘lga kiritish uchun turli ssenariylarni ishga solmoqda. Musulmonlarning muammolarini yanada chuqurlashtirish uchun Iroq va Suriyada turli qarama-qarshiliklar keltirib chiqarildi”, deydi Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
 
Rajab Toyib Erdo‘g‘an dunyoni boshqarayotgan mamlakatlarning islom dunyosida uyushtirayotgan o‘yinini tushuntirib, arablar va turklar bir-biriga dushmanga aylanishi uchun turli uydurmalar to‘qilganini aytdi.
 
“Bizga arablar hiyonatkor, deb aytildi, hatto, juda xunuk gaplar bilan ifodaladilar. Arablarga ham turklar ulardan foydalanayotgani aytilgan. Haqiqat o‘rniga safsata to‘qilib, odamlar dushmanga aylantirildi. Birinchi jahon urushida dushmanlik urug‘lari ekildi, Ikkinchi jahon urushida esa bu dushmanlik olovi yanada alangalatildi”, deb qo‘shiimcha qildi Erdo‘g‘an.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан