Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Germaniya va Shveysariyaga palov eksport qiladi
22.06.2017 15:31,  
8

Syurix shahrida O‘zbekiston va Shveysariya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘tkazilgan biznes-forumda O‘zbekistondan konservalangan palovni import qilish masalasida muzokaralar olib borildi.

Ayni paytda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda konservalangan palovni Germaniya va Shveysariya bozorlariga eksport qilishni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Qayd etilishicha, xorijiy mamlakatlar bilan ushbu mahsulot turini import qilish uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikatni olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Biznes-forum doirasida erishilgan kelishuvga muvofiq, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi import qiluvchi korxonalar, yirik savdo tarmoqlari va riteyl-kompaniyalar, tadbirkorlar uyushmalari, birlashmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish, uni yanada faollashtirish, xususan, ushbu mamlakatlar bozorida O‘zbekiston kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning yirik ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zarur litsenziya va sertifikatlar olish ishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан